Jahon iqtisodiyotida bugungi kunga kelib aksariyat mamlakatlarda davlat qarzi hajmi va qarz yuki darajasi sezilarli darajada oshayotganligi kuzatilmoqda. Ayniqsa iqtisodiyoti rivojlangan va Yevropa ittifoqi davalatlarining so'nggi yillarda jami qarzlari YaIMga nisbatan xalqaro tavsiya etiladigan chegaraviy me'yorlardan bir necha foizlarga o'sib borayotganligini qayd etish mumkin.