Hozirgi islohotlar sharoitida mamlakatimizda ilm fanni, ta’lim jarayonini rivojlantirishga alohida ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. Hukumatimiz tomonidan o’qituvchilarning maqomini oshirish, ularning obro’yini oshirish, imtiyozlardan foydalanishga katta e’tibor qaratilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasining1 “Ta’lim jarayoniga
raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish” nomli 2 bobida raqamli iqtisodiyot uchun yuqori malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tashkil etish va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ta’lim
texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta’minlash, bu borada pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish uchun qo’shimcha sharoitlar yaratish kabi masalalar belgilangan.