Jahonda raqamli kasblarning paydo boʻlishi, ijtimoiy media olamida yangicha kasbiy-axloqiy tushunchalarning aktuallashuvi, loyihalar bilan ishlash koʻnikmalarining zarurati bu sohadagi tadqiqotlarning jadallashuviga sabab boʻlmoqda. Xususan, taʻlim jarayonida loyihalar integratsiyasi, raqamli kommunikatsiyada hissiyotlarni boshqarish, ijtimoiy media marketing bilan ishlashda insoniy qadriyatlarni saqlab qolish, oʻqish jarayoni uchun ijtimoiy media hamda sunʻiy intellektni qoʻllashda akademik halollik, filantropik gʻoyalarni targʻib etish bu boradagi tadqiqotlarning ustuvor yoʻnalishlaridan hisoblanadi.