Jahon ishchi kuchi bozorida korporativ madaniyatni rivojlantirish iqtisodiy sharoitlarga moslashish, iqtisodiy-ijtimoiy sohalar hamda milliy madaniyatni uyg„unlashtirish, bo„lajak mutaxassislarning salohiyatini ro„yobga chiqarish, biznes etikasini omma ichida subyektiv idrok etish bo„yicha ustuvor ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Shaxs taraqqiy fenomeni sohasida amalga oshirilgan tadqiqotlar tarkibida biznes yuritish faoliyatini shakllantirish, korporativ harakat qadriyatlarini rivojlantirish, ish yuritish fazilatlarini aks ettiruvchi xususiyatlarni takomillashtirish kabi yo„nalishlarga alohida e‟tibor qaratilmoqda.