Dunyoning yetakchi davlatlarida oliy ta’lim muassasalari boshqaruv tizimini IT va innovatsion menejmentiga muvofiq modernizatsiya qilish yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Oliy ta’lim tizimida zamonaviy ta’lim resurslaridan foydalanishni axborot-didaktik ta’minlash mazmunini rivojlantirish, iqtisodiy va boshqaruv modellarini nazariy umumlashtirish va muvofiqlashtirish orqali Oliy ta’lim muassasalarini boshqaruv tizimini xorijiy tajribalar asosida modernizatsiya qilish mexanizmlarini takomillashtirish bugungi kunning dolzarb mavzularidan biri xisoblanadi.