Zamonaviy jahon xo‘jaligida globalizasiya va integrasiya jaraѐnlari chuqurlashib boraѐtgan bir paytda xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlab olish muhim vazifalarimizdan biri hisoblanadi. «Raqamli iqtisodiѐt», «Internet iqtisodiѐt» kabi yangi tushunchalarning jahon xo‘jaligida paydo bo‘lishi jahon iqtisodiѐti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar fanini yanada chuqurroq o‘rganishimizga muhim asos bo‘la oladi.
Ushbu darslik «Jahon iqtisodiѐti va Xalqaro iqtisodiy munosabatlar» yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olaѐtgan oliy ta’lim muassasalari talabalari, mustaqil ilmiy izlanish olib boruvchilar, aspirant, magistrant, ilmiy xodimlar, shuningdek, akademik lisey va kollej o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan.