Ushbu darslikda statistika yagona fan sifatida qaralib, 2 qismga ajratilgan:
I qism. Statistika nazariyasi
11 qism. Iqtisodiy statistika
I qismda statistika predmeti va metodi, statistik kuzatish uslubiyati, statistik
ko'rsatkichlar, axborotlami jadval va grafiklar yordamida taqdim etish usullari,
ma'lumotlami tasniflash va guruhlash, taqsimot qatorlari, o'rtacha miqdorlar va
variatsiya ko'rsatkichlari, tanlama kuzatish, korrelyatsion va regression tahlil,
dinamika qatorlari, iqtisodiy indekslar kabi mavzular batafsil bayon etilgan.
11 qismda milliy hisoblar tizimi - iqtisodiy statistikaning uslubiy negizi sifatida
qaralgan va barcha masalalar shu asosda yoritilgan. Aholi, mehnat bozori va milliy
boylik statistikasiga butun iqtisodiy faoliyatning muhim omillari sifatida qaralgan.
Makroiqtisodiy faoliyat natijasi sifatida yalpi ichki mahsulot statistikasi o'rganilgan.
Tashqi iqtisodiy faoliyat va moliya-kredit tizimi statistikasiga alohida e'tibor
berilgan. Aholi turmush darajasi, jamiyat miqyosida yaratilgan daromad hajmiga
bog'liq bo'lib, darslik aholining daromadlari va harajatlari balansi asosida uning
turmush darajasi ko'rsatkichlari chuqur tahlil etilgan.