Xalqaro kapitallar harakati ko'p jihatdan mamlakatlar milliy fond bozorining rivojlanish darajasiga bevosita bog'liq bo‘ladi. Bugungi kunda jahon iqtisodiyotida fond bozorlari orqali
investitsiyalarni jalb etishda milliy fond bozorlarining xalqaro tus olishi, globallashuv
jarayonlarining jadallashuvi, global internet tarmog‘iga ulanish va komputerlashtirish
tizimining jadal rivojlanishi ta’sirida investitsiyalash ob’ektlari bo'yicha tezkor ma’lumotlar bazasiga ega bo'lish tendensiyalari kuzatilmoqda.