Jahonda global raqobat va integratsiya jarayonlarining keskinlashuvi sharoitida agroklasterlar faoliyati hisobi va samaradorligi tahlili metodologiyasini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ko‘plab ilmiy izlanishlar amalga oshirilmoqda. Klasterlar faoliyatini tasniflash hamda uni tashkil etishning ilmiy-uslubiy yondashuvlarini ishlab chiqish, rivojlantirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, agroklasterlar faoliyati tashkiliy-iqtisodiy va moliyaviy mexanizmlari samaradorligini baholash uslubini ishlab chiqish, moliyaviy natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimini shakllantirish, agroklasterlar faoliyatini davlat tomonidan muvofiqlashtirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish, agroklasterlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar samaradorligini baholash usullarini ishlab chiqish, mazkur jarayonlarga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari bu boradagi ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.