Bugungi kunda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida butun dunyoda tovar-moddiy boyliklar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning barqaror iqtisodiy o‘sishi va ishlab chiqarish jarayonlarining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. “Tovar-moddiy zaxiralar darajasining keskin oshib ketishi 2020-2021-yillarda jahonning yirik ishlab
chiqarish kompaniyalarida salbiy dinamika sifatida ko‘zga tashlangan bo‘lsada,
2023-2024-yillarga kelib ishlab chiqarish kompaniyalarida tovar-moddiy zaxiralarning darajasi pasayishi kuzatilmoqda.