Jahon bozorida aholining keng isteʼmol tovarlari tarkibiga kiruvchi to'qimachilik mahsulotlari raqobatbardoshligini taʼminlashning ahamiyati tobora oshib bormoqda. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining maʼlumotlariga ko'ra, ―Yengil sanoat
hissasiga dunyo sanoat ishlab chiqarishining 5,8 % i, band bo'lganlarning 14,0 % dan ortiqrog'i to'g'ri keladi. So'nggi 15 yil davomida to'qimachilik materiallari va kiyim-kechak isteʼmol qilish Yevropa Ittifoqi (YI) mamlakatlarida 90,5% ga, AQSHda –99,3% ga va Yaponiyada – 220,0% ga o'sgani1. Shu jihatdan raqobat ustunligi asosida toqimachilik korxonalari barqaror rivojlanish bo'yichamarketing strategiyasini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish muhim vazifalardan hisoblanadi.