Jahon iqtisodiyotida global raqobatning sharoitida ayni paytda bilim, inson
kapitali va innovatsion rivojlanish bilan bog‘liq ilmiy tadqiqotlarga e’tibor
kuchayib bormoqda. Intellektual salohiyat hamda innovatsion resurslarga sarmoya
kiritish hajmini oshirish, ilmiy innovatsiyalarni doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlash
va amaliyotga samarali tatbiq etish, iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida oliy
ta’limni moliyalashtirishni takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalari moliyaviy
mustaqilligini kengaytirish, boshqaruv tizimlarini optimallashtirish va
hisobdorligini oshirish orqali ularning daromad manbalarini diversifikatsiya qilish
bu boradagi ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.