Jahon miqyosida global raqobat kurashining kuchayib borishi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda oliy ta’lim tizimi faoliyatini takomillashtirishni taqozo etmoqda. Oliy ta’lim muassasalarining samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ta’lim xizmatlari sifatini takomillashtirish, talabalarning bilim olish imkoniyatlarini oshirish nafaqat mazkur sohaga xarajatlarni oshirish, balki mavjud resurslardan samarali foydalanish imkoniyatini qulayligi va uni rivojlanishini talab etmoqda.