Jahonda oliy taʼlim muassasalarida marketing faoliyatini tashkil etish bilan
bogʻliq muammolar boʻyicha, jumladan, quyidagi yoʻnalishlarda ustuvor darajada
tadqiqotlar olib borilmoqda: OTMlar marketing strategiyasini ishlab chiqish
metodologiyasini mijozlar bilan samarali va uzoq muddatli munosabatlar qurishga
koʻra takomillashtirish; muassasalar bozor faoliyatini boshqarish samaradorligini
ilmiy-innovatsion faoliyatlarni maqsadli tijoratlashtirish hamda bilimlar transferini
samarali tashkil etishga koʻra oshirish; innovatsiyalar va innovatsion ekotizimlarni
marketing konsepsiyalari asosida tashkil etish; taʼlimda innovatsion texnologiyalarni
qoʻllash orqali xizmatlar samaradorligi oshirish; “Marketing 4.0.” va “Marketing 5.0.”
konsepsiyalarini universitetlar marketing fooliyatiga samarali joriy qilishning
tashkiliy-marketing mexanizmlarini takomillashtirish.