Jahonda yalpi xizmat ko‘rsatish jarayonlarini modellashtirish, tizimning faoliyat ko‘rsatish samaradorligini oshirish, xizmat ko‘rsatish ishlari hajmini optimallashtirish, tizimga kirib keluvchi oqim jadalligini xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari bilan o‘zaro muvofiqlashtirish kabi yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ushbu yo‘nalishda, jumladan, diskret va uzluksiz holatlarda yalpi xizmat ko‘rsatish tizimiga kirib kelayotgan avtomobil transporti vositalarining ishini tezkor va samarali rejalashtirish jarayonlarini modellashtirishga alohida e’tibor berilmoqda.