Jahonda global darajadagi beqarorlik hamda raqobatning kuchayib borishi sharoitida, turli muammolar, masalan, COVID-19 koronavirus pandemiyasining salbiy ta'siri natijasida turizm sohasining rivojlanishida sezilarli tebranishlar ro'y bermoqda. Butun dunyo bo'yicha 80 foizi kichik, shu jumladan, oilaviy korxonalardan tarkib
topgan turistik sektorda har o'ninchi ishlovchi odam band hisoblanadi. Inqirozning boshlanishidayoq Butun jahon turizm tashkiloti umumjahon turistik oqimining 70 foizga qadar qisqarishini bashorat qilgan edi.