Qo‘lingizdagi darslik uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv adabiyotlarining yangi
avlodi konsepsiyasi asosida yozilgan bo‘lib, unda turli xil ko‘rinishdagi ta’lim
faoliyatlarining o‘quv-metodik ta’minoti, ta’lim jarayonini tashkil etish hamda mazkur
jarayonda zamonaviy ta’lim metodlaridan samarali foydalanish metodikalari batafsil
yoritilgan.
Shuningdek, qo‘llanmada turli xildagi ta’lim faoliyatlarining o‘quv-uslubiy
ta’minoti maxsus fanlardan ta’lim jarayonini tashkil qilish, texnik vositalardan samarali
foydalanish usullari haqida ham qimmatli ma’lumotlar keltirib o‘tiladi.