O‘quv qo‘llanmada milliy va mintaqaviy iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning nazariy asoslari va ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan mavzular yoritilgan. Ushbu mavzularda milliy va mintaqaviy iqtisodiy xavfsizlikka oid tushunchalarning mohiyati, ularning mamlakatimiz iqtisodiyotida namoyon bo‘lish shakllari, xavfsizlikni aniqlash va baholashning chegaraviy parametrlari, milliy va mintaqaviy iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash mexanizmlari, xorijiy davlatlarda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash tajribalari, milliy va mintaqaviy iqtisodiy xavfsizlikni ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati ochib berilgan. O‘quv qo‘llanmada keltirilgan mavzularda mamlakatimizda milliy va mintaqaviy iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning o‘ziga xos asosiy kontseptual yo‘nalishlari tahlil qilingan.