Milliy iqtisodiyotga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish jarayonini chuqurroq anglash va uning samaradorligini oshirish maqsadida ekonometrik tadqiqotlarni takomillashtirish dolzarb ilmiy yoʻnalishlardan birini tashkil etadi. Bunda, birinchi navbatda, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy oʻsish, bandlik darajasi, texnologiya transferi va eksport salohiyatiga taʼsirini oʻlchovchi dinamik panel maʼlumotlar modellarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.