Jahon iqtisodiyotiga global o‘zgarishlarning salbiy ta’siri oqibatida makroiqtisodiy beqarorlikning kuchayishi sharoitida davlat budjeti xarajatlarini amalga oshirishning optimal natijalarini ta’minlash dolzarbligi ortib bormoqda. Jahonda davlat budjeti mablag‘laridan foydalanish samaradorligi va natijadorligini oshirish borasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarda mahalliy budjetni o‘rta muddatli rejalashtirish amaliyotini milliy iqtisodiyotga keng joriy etishga alohida urg‘u berilmoqda.