Jahonda onlayn xaridlarning mashhurligini oshirish va mijozlarning uzluksiz tajribasini taqdim etishga qaratilgan ko‘p kanalli marketingni keng qo‘llash orqali jadal rivojlanayotgan elektron tijorat sanoati ham bozor o‘sishiga qo‘shimcha hissa qo‘shmoqda. Xususan, raqamli marketing texnologiyalari keng qo‘llash orqali korxonarning faoliyatini kengaytirish va bunda raqamli marketing texnologiyalari bo‘lmish sun’iy intellekt (AI), tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), buyumlar interneti (IoT), virtual reallik (VR), kengaytirilgan reallik (AR), sensorlar texnologiyasi, blokcheyn, mashinalar orqali o‘rganish (machine learning process) jarayoni kabi texnologiyalarni korxonalarning faoliyatiga qo‘llash va ular faoliyatini
takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.