Jahonda elektrotexnika sanoati rivojlangan AQSh, Yaponiya va Yevropa
Ittifoqi mamlakatlarida kuchli raqobatda ustunlikka ega bo‘lish uchun innovatsion
imkoniyatlarni izlash, logistika muammolari, IT-texnologiyalarning rivojlanishi
imkoniyatlari, energiya tejovchi texnologiyalarni tatbiq etishni moliyalashtirish,
“yashil moliya” hamda “Sanoat 4.0” davrida barqaror raqobatbardoshlikni oshirish
hamda strategik yo‘nalishlarni belgilash kabi yo‘nalishlarda keng ko‘lamli ilmiy
tadqiqotlar olib borilmoqda.