Jahon amaliyotida jamoat transportidan samarali foydalanish, nafaqat aholining transport xizmatlariga ehtiyojini qondirish, balki yirik megapolislarda xavfsizlik, shahardagi tirbandliklarni kamaytirish, iqtisodiy resurslarni tejash, atrof-muhitga zarar yetkazmaslik, xizmat sifatini oshirish borasida marketing vositalarini q o‘llash bo‘yicha tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jamoat transportidan foydalanishda to‘lov tizimini takomillashtirish, aholiga qulayliklar yaratish, raqamli marketing tizimini joriy etish, transportning jozibadorligini oshirish, tashuv xizmatidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, xizmatlar haqidagi ma’lumotlarni iste’molchilarga yetkazishda marketing xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar bu boradagi ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi.