Jahonda globallashuv sharoitida ishchi kuchi bozori, xususan ishchi kuchini takror ishlab chiqarish va bandligini ta’minlash muammolariga yo‘naltirilgan ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Globallashuv sharoitida ishchi kuchi bozoridagi tanqislik va ortiqchalik muammosini hal qilish, yuqori ish haqi va moddiy farovonlikni oshirishga bo‘lgan intilish uchun imkoniyat yaratishdek ijobiy mexanizm sifatida qaralmoqda.