Jahon iqtisodiyotining
barqaror va mutanosib rivojlanishi, birinchi о‘rinda, mamlakatlarning dunyo
bozorlarida mustahkam о‘rin egallashi orqali izchil iqtisodiy о‘sishni ta’minlash,
aholining turmush darajasi va farovonligini yanada oshirish hisoblanadi. Bu esa
jahonda global geosiyosiy о‘zgarishlar tobora kengayib borayotgan bir sharoitda har
qanday konyunkturaviy о‘zgarishlarga moslashuvchan, ichki va tashqi ta’sirlarga tezlik
bilan moslasha oluvchi, innovatsiyalarni yaratish va ishlab chiqarish jarayoniga keng
joriy etish, mahsulot va xizmat turlarini muttasil yangilab va takomillashtirib borishda
muhim bо‘lgan sanoat korxonalariga katta mas’uliyat yuklaydi.