Jahon iqtisodiyotining globallashuvi sharoitida turizm muhim ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy omillardan biriga aylanib, mazkur sohadan olinadigan umumiy daromad hajmi tobora oshib bormoqda. Turizm faoliyati faqatgina sayr-sayohatdan iborat bo'lmasdan, balki iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi orqali yangi ish o'rinlarini yaratishga,
aholining bandligini ta'minlashga va shu bilan birgalikda, turdosh bo'lgan
tarmoqlarga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda.