Jahon ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan inson kapitali masalalariga
bag'ishlangan tadqiqotlarga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jamiyatning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishida inson kapitalining rolini aniqlash, inson kapitalini
baholashga uslubiy yondashuvlarni o'rganish, inson kapitalini rivojlantirishga
samarali investitsiyalarni o'rganish, shuningdek iqtisodiyotni raqamlashtirish
sharoitida inson kapitalini rivojlantirish masalalari ushbu sohadagi tadqiqotning
ustuvor yo'nalishlari hisoblanadi.