Ushbu o‗quv qo‗llanmada respublikamiz milliy iqtisodiyoti murakkab, dinamik o‗zgaruvchan ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida tahlil qilinib, raqobat muhiti va bozor sharoitlarini o‗rganib, ularning mohiyati va qonuniyatlarini chuqur tahlil qilishda iqtisodiy-matematik usullar va modellardan foydalanish, iqtisodiy ko‗rsatkichlarni prognozlash, ko‗p variantli yechimlardan muqobil yechimni tanlash, tavakkalchilik va noaniqlik sharoitida optimal iqtisodiy qarorlar qabul qilish, keyinchalik bu qarorlar bajarilishini kompyuter orqali monitoring qilish masalalarining nazariy va amaliy tomonlari yoritib berilgan.