Jahonda innovatsiyalarga asoslangan iqtisodiyotning jadal rivojlanishi
sharoitida qurilish korxonalari raqobatbardoshligini oshirish darajasini o‘rganish va
uni baholash borasida ko‘plab ilmiy izlanishlar amalga oshirilmoqda. Qurilish
korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish, raqobatbardoshlikni miqdoriy
baholashning nazariy-uslubiy yondashuvlarni muvofiqlashtirish, ularning
xususiyatlarini hisobga olgan holda, rivojlantirishning yaxlit tizimini ishlab chiqish,
qurilish korxonalarning iqtisodiy faoliyatini baholash, qurilish korxonalarida
raqobat muhitini yanada yaxshilash mazkur muammolar yechimiga bag‘ishlangan
ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.