Jahon amaliyotida ijtimoiy sohalarni moliyaviy ta’minlashda byudjet tizimi
boʻgʻinlari ishtirokida markaziy byudjet bilan bir qatorda quyi byudjetlar ishtiroki
mexanizmi ham izchil ilmiy tadqiq etilmoqda. Dunyoning 100 dan ortiq davlatida
ijtimoiy mas’uliyatni nomarkazlashtirishni nazarda tutuvchi u yoki bu
koʻrinishdagi ilmiy izlanishlar shular jumlasidan.