Bugungi kunda ko‘pgina mamlakatlarda (AQSh, Germaniya, Yaponiya, Koreya, Xitoy, Hindiston, Polsha) EIZlarning boshqaruv tizimini takomillashtirish, ularni yangi klaster ko‘rinishlarida yaratish, innovatsion faoliyatini takomillashtirish orqali hududlarni rivojlantirish, EIZlarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, ular samaradorligini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, ularning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash, hamda jahon bozorida raqobatbardoshlikni oshirish kabi maqsadlarni ko‘zda tutadigan tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.