O‘quv qo‘llanmada ekskursiyaning mazmuni va mohiyati, ekskursiya xizmatining funksiyalari, xususiyatlari va ekskursiya xizmatini tasniflash, ekskursiya rahbari-gidga qo‘yilgan talablar, ekskursiya xizmatini tayyorlash texnologiyasi, ekskursiya ob’ektlarini tanlash va baholash, ekskursiya xizmati marshrutini tuzish va sinov ekskursiyasini o‘tkazish tartibi yoritib berilgan. Shuningdek, ekskursiya xizmatida ob’ektlarni ko‘rsatish usullari, ekskursiya ob’ektlarini hikoya qilish usullari, ekskursiyani xizmatining tashkiliy masalalari, O‘zbekistonning tarixiy arxitektura yodgorliklariga ekskursiya tashkil qilish, O‘zbekistonning ekologik hududlariga ekskursiya tashkil etish, turizmning maxsus turlariga ekskursiya tashkil qilish, ekskursiya marshrutida ekskursantlarning xavfsizligini ta’minlash, ekskursiya marshrutida birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatish qoidasi keltirilgan.