Ushbu darslik Davlat ta’lim standartlari talablari, buxgalteriya hisobi fani o‘quv dasturiga asosan tuzilgan bo‘lib “Buxgalteriya hisobi va audit”, “Buxgalteriya hisobi”, “Audit” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. Mazkur darslik talabalar uchun “Buxgalteriya hisobi” fanidan asosiy o‘quv adabiyoti sifatida xorijiy tajriba asosida tayyorlangan bo‘lib, undan boshqa iqtisodiyot ta’lim yonalishida tahsil olayotgan talabalar, magistrlar, doktorantlar va xo‘jalik yurituvchi subektlarning mutaxassislari, ushbu sohada ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar ham foydalanishlari mumkin.