Jahonda global integratsiyaning kuchayishi sharoitida kimyo sanoatining yuqori qо‘shimcha qiymatga ega mahsulotlari eksport salohiyatini oshirish masalalariga yо‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Kimyo sanoatining iqtisodiyotdagi о‘rnini baholashning uslubiy asoslarini takomillashtirish, kimyo sanoatining eksport salohiyatiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, yuqori qо‘shimcha qiymatga ega kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish samaradorligini baholash, tarmoq eksport salohiyatini oshirishning konseptual asoslarini ishlab chiqish, kimyo sanoati mahsulotlari eksport faoliyatiga raqamli texnologiyalarni joriy etish, bunday mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish bо‘yicha prognozlash uslubini takomillashtirish masalalari bu boradagi ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yо‘nalishlaridan bo‘lib hisoblanadi.