Yer qa’ri boyliklarini asrab avaylash, ulaming samarali foydalanishda nafaqat ma’muriy usullar, shuningdek, samarali iqtisodiy usullar sifatida soliq mexanizmidan foydalanish jahon amaliyotida keng ustuvorlik berib kelinmoqda. Bu borada yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq turi aksariyat davlatlarda undirilmoqdaki, bundan asosiy maqsad birinchidan, yer qa’ridan foydalanuvchilarni bu resurslardan samarali foydalanishga undash bo‘lsa, ikkinchidan, davlat byudjetini daromadlar bilan muntazam ta’minlab turishdan iboratdir.