Jahon amaliyotida mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidan, iqtisodiyot sektoridan, maʼmuriy boshqaruv tizimidan va boshqa har qanday omillardan qatʼi nazar, barcha iqtisodiy tizimlarda yashirin iqtisodiyotning elementlari mavjudligi yuzasidan koʻplab ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirib kelinmoqda. Shu bois, yashirin iqtisodiy faoliyatning vujudga kelishi, uning rivojlanishi va koʻlami, turli sohalarda namoyon boʻlishi, unga taʼsir etuvchi omillarni va salbiy oqibatlarini aniqlash hamda ularni bartaraf etishga oid ijtimoiy-
iqtisodiy va huquqiy jihatlar zamonaviy ilmiy tadqiqotlarning muhim yoʻnalishlari
sifatida namoyon boʻlmoqda.