Jahonda global integratsiya jarayonlarining kuchayishi sharotida xufyona iqtisodiyotning ulushini kamaytirishda soliq instrumentlardan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlangan izlanishlar olib borilmoqda. Xufyona iqtisodiyotning yuzaga kelishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, uni jilovlash va oldini olishda soliq instrumentlarining samaradorligini baholash, bu boradagi yangicha yondashuvlarni ishlab chiqish, raqamli texnologiyalardan foydalanish, noqonuniy moliyaviy oqimlarni kamaytirish, xufyona iqtisodiyotni jilovlash va uning oldini olishda soliq instrumentlaridan foydalanish uslubiyotini takomillashtirish kabilar mazkur muammo yechimiga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.