Bozor iqtisodiyoti sharoitida valyuta bozoridagi erkin tebranuvchi almashuv kursi rejimining qo‘llanilishi tashqi iqtisodiy faoliyat sub’yektlarida ochiq valyuta pozisiyasi bo‘yicha almashuv kursini prognoz qilish bilan bog‘liqriskni vujudga keltirmoqda. Asosiy savdo hamkorlari mamlakatida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar ta’sirida almashuv kursining o‘zgarishi va ularning milliy ishlab chiqaruvchilar faoliyatiga salbiy ta’sirining oldini olishda almashuv kursini turli usullar yordamida tahlil qilish muhim ahamiyat namoyon etmoqda.