Jahon ta’lim siyosatining markaziy yo‘nalishlaridan biri ta’lim muassasalari rahbarlarining salohiyatini rivojlantirishdir. Xalqaro tashkilotlar va tahlillar (UNESCO, OECD, World Bank) ta’kidlaganidek, maktab rahbarining rahbarlik qobiliyati maktabning umumiy natijadorligi, o‘quvchilarning akademik yutuqlari va o‘qituvchilarning kasbiy o‘sishiga bevasita ta’sir ko‘rsatadi.