Hozirgi kunda innovatsiya tushunchasi keng ma’noda tizimning bir holatdan ikkinchi holatga o’tishiga sabab bo’luvchi muhitga yangi barqaror elementlarni tatbiq etuvchi maqsadli o’zgarishlarni belgilaydi. Iqtisodiyotda innovatsiya tushunchasi bozorda yangi yoki mukammallashgan mahsulotning sotilishiga olib keluvchi innovatsiya faoliyatining yakuniy natijasini anglatadi.