Dunyodagi bir qator mintaqalardagi yuzaga kelgan ziddiyatlar va iqtisodiy inqirozlarni bartaraf etishda turizmning imkoniyatlaridan samarali foydalanish, uning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, xizmatlar ko‘rsatish sifatini yaxshilash, turmahsulotlarning raqobatbordoshligini ta’minlash, turistik destinatsiyalarning jozibadorligini oshirish, sohada innovatsion texnologiyalarning imkoniyatlaridan keng foydalanish, turistik resurslarni to ‘g‘ri yo‘naltirish orqali mahalliy aholining bandligini ta’minlash, mintaqalardagi turistik resurslarni ishga tushirish uchun investitsiyalarni jalb qilish, turizmni rivojlantirish orqali uning YaHM (Yalpi hududiy mahsulot) va YaIMdagi ulushini oshirish borasida bir qator tadqiqotlar olib borilmoqda.