Oʻzbekistonda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni taʼminlash, milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash va raqobatbardoshligini oshirishda yetakchi sanoat tarmoqlari salohiyatidan samarali foydalanishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoatida xom-ashyoni toʻliq qayta ishlash sikliga ega boʻlgan 130 dan ortiq paxta-toʻqimachilik klasterlari shaklidagi korxonalar faoliyat yuritmoqda va ularda 250 ming aholi ish bilan band.