Jahonda globallashuv sharoitida sanoat korxonalari iqtisodiy samaradorligini
oshirishga oid ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Sanoat tarmog‘i rivojlanishida to ‘qimachilik sanoati korxonalari iqtisodiy natijalari ta’sirini baholash, ularning rivojlanishidagi ustuvor omillarni aniqlash, resurslar sarfini me’yorlashtirish asosida aholi bandligini ta’minlash, sanoatning ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan oqilona foydalanish, hududlarning mavjud imkoniyatlari hisobiga korxonalar faoliyatini ixtisoslashtirish, ishlab chiqarish tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish va unga omillar bog‘liqligini ekonometrik modellar asosida imkoniyatlarini tadqiq etish bu boradagi ilmiy izlanishlarning ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.