O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish, uning raqobatbardoshligini
ta’minlash, tarmoq eksport salohiyatini oshirish borasida hukumatimiz tomonidan bir
qator huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilingan bo‘lishiga qaramay, muammolar
saqlanib qolmoqda. Korxonalarni rekonstruksiya qilish, zamonaviy ilg‘or texnologiya
bilan jihozlash, mahsulot assortimentlarini kengaytirish raqobatbardoshlikning asosiy
omillari hisoblanadi. Korxonalarning bozor iqtisodiyoti sharoitiga moslashuvi, yangi
texnologiyalarni qo‘llashi, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashi, dunyo bozoriga
mahsulotlarni olib chiqishi uzoq muddatga mo‘ljallangan, ilmiy asoslangan
rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishni talab qilmoqda. O‘z navbatida, bunday
strategiyani ishlab chiqishning ilmiy-uslubiy asoslarini yaratish, korxonalarning
kuchli va zaif tomonlarini chuqurroq tahlil qilish, mavjud imkoniyatlardan samarali
foydalanish bo‘yicha aniq amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishni talab etadi. Shu
sababli iqtisodiyotni modernizatsiyalash va tarkibiy o‘zgartirishlarning ustuvor
yo‘nalishlaridan bo‘lgan tikuv-trikotaj korxonalarini tikuv-trikotaj buyumlari xalqaro
bozorlarida raqobat strategiyalarini ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb
muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda.