Tijorat banklari xalqaro moliyaviy amaliyotda nafaqat qimmatli qog'ozlar bozorida investitsiya va emissiya operatsiyalarini amalga oshiruvchi moliyaviy institutlar sifatida maydonga chiqadi, balki mazkur bozorga investorlardan, ayniqsa aholidan moliyaviy mablag'larni jalb qiluvchi va ularni samarali qayta taqsimlovchi "moliyaviy kanal" sifatida ham muhim rol o'ynaydi.