Tijorat banklari moliyaviy resurslari manbalari, moliya bozori instrumentlari, depozitlarni barqaror manbalar hisobidan shakllantirish, tijorat banklarida muddatli depozitlarni jalb qilish va hajmini oshirish, omonatchilarga to‘lanadigan foiz to‘lovlarining “jalb qiluvchanlik” darajasining zaifligi, banklarning resurslari tarkibida va mamlakat YaIMga nisbatan depozitlar ulushining pastligi singari holatlarni bartaraf etish, tijorat banklari depozit bazasi mustahkamligini ta’minlashda aholi qo‘lidagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini banklarga to‘liq jalb qilish, muddatli depozitlarning asosiy summasi va ularga hisoblangan foizlarni to‘liq va o‘z vaqtida qaytarish orqali tijorat banklari depozit operatsiyalari samaradorligini oshirish masalalari bu borada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.