Jahon iqtisodiyotining dinamik rivojlanishi va xalqaro integratsiya jarayonida temir yo‘l transport tizimini samarali rivojlantirishning ahamiyati tobora oshib bormoqda. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, “jahon transport xizmatlarining miqdori 4,3 trln. AQSh dollarni tashkil etib, yiliga 110 mlrd. tonna yuk va 1 trln. dan ortiq yo‘lovchilar tashilmoqda, transport infratuzilmasida band bo‘lgan xodimlar soni 100 mln. kishini tashkil etmoqda”.