Bozor sharoitida universitet va institutlarda bir qator yangi fanlar o‘qitiladi.
Shu fanlar jumlasiga «Tavakkalchilikni boshqarish» fani kiradi. 0 ‘quv qo‘llanrnada
tavakkalchilikni boshqarishga oid nazariy, amaliy va uslubiy masalalar o‘rganiladi.
Masalan, tavakkalchilikni boshqarishning nazariy asoslari, ishlab chiqarishni
rivojlantirishda tavakkalchilik, tavakkalchilikning turlari va elementlari, moliyaviy
tavakkalchilik, sug‘urtalash tavakkalchiligi, tavakalchilikda qaror qabul qilish,
tavakkalchilikni o‘lchash va uning koeffitsyentlari, tavakkalchilikni boshqarishda
xorijiy mamlakatlar tajribasi, tavakkalchilikning samaradorligi va boshqalar.
0 ‘quv qo‘llanma Oliy o‘quv yurtlari talabalari, magistrantlari, aspirant va
o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan.