Xalqaro miqyosida ta’lim kreditini moliyalashtirishga doir ko‘plab tadqiqotlar olib borilmoqda. Ta’lim kreditlari bo‘yicha tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishlari kreditdan foydalanish imkoniyati va tenglik, qaytarilish muammolari, to‘lov rejalari va bitiruvchilarga moliyaviy yukni tahlil qilish, ta’lim kreditlarining milliy iqtisodiyotga, ishchi kuchining rivojlanishiga va individual iqtisodiy harakatchanlikka qanday ta’sir qilishini o‘rganish, ta’lim kreditlarini boshqarish va qarz oluvchilarni himoya qilishda davlat siyosati va qoidalarining samaradorligini baholash, kredit qarzining talabalarning ruhiy salomatligiga, kasb tanlashiga va hayotiy qarorlariga ta’sirini o‘rganish kabi masalalar hozirgi kundagi dolzarb muammo sifatida o‘rganilmoqda.