Jahonda klaster tizimi sharoitida sutni qayta ishlash sanoatining metodologik- uslubiy asoslarini innovatsion va raqamli texnologiyalar hamda turli iqtisodiy sharoitlarda uyg‘un va optimal rivojlantirishga ko‘ra takomillashtirish yo‘nalishidagi tadqiqotlar ustuvor darajada amalga oshirilmoqda. Bu borada qishloq xo‘jaligi sohasida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash hajmini innovatsion texnologiyalar asosida yanada kengaytirish, iqtisodiy-ijtimoiy va ekologik muhitga ko‘ra ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash, qayta ishlash sanoati korxonalari raqobatbardoshligini oshirish yo‘nalishlaridagi tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.